Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rovnomalarga ko‘ra Klinton prezidentlik poygasida yetakchilikni o‘zida saqlab qolmoqda
Foto: © AFP
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton AQShdagi prezidentlik poygasida yetakchilik qilishda davom etmoqda. U asosiy raqibi Donald Trampdan 3 foizga oldinda bormoqda. Bundan Chief Research Officer kompaniyasi va Politico nashri o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.
So‘rovnomaga ko‘ra, Klinton uchun so‘ralganlarning 45 foizi, Tramp uchun esa 42 foizi ovoz berishga tayyorliklarini bildirganlar.
Shu bilan birga AQShning ikkita yirik partiyasidan bo‘lmagan nomzodlarning qo‘llab-quvvatlanishi ulushi ham katta: Libertarian partiya nomzodi Geri Jonsonni 8 foiz, Yashillar partiyasi nomzodi Jill Staynni 4 foiz so‘ralganlar qo‘llab-quvvatlaganlar.
Klinton an'anaviy tarzda milliy ozchilik vakillari va ayollar orasida yetakchilik qilmoqda. Erkaklar orasida u Trampni bor-yo‘g‘i bir foizga ortda qoldirmoqda.
4-5 noyabrda o‘tkazilgan ushbu so‘rovnomada 1,5 mingga yaqin saylovchi ishtirok etdi. Natijalar xatoligi 3 foizni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020