Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik tarixchi: AQSh hali Obamaning prezidentlik davrini sog‘inadi
Vashingtondagi Amerika universiteti professori, Yadroviy tadqiqotlar instituti direktori Piter Kuznikning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hali Barak Obamaning prezidentlik davrini sog‘inadi. Bu haqida u RIA "Novosti"ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Kuznik AQSh tashqi siyosatini keskin tanqid qilishi bilan tanilgan. 2012 yilda u amerikalik rejissyor Oliver Stoun bilan hammualliflikda "AQShning oxirgacha aytilmay qolgan hikoyasi" kitobini chop etgan hamda shu nomli hujjatli teleserialni ishlagan. Mazkur serial AQSh va butun dunyodagi aksariyat odamlar uchun haqiqiy kashfiyot bo‘lgan.
"Oliver Stoun va men Barak Obamani qattiq tanqid qilamiz, biroq, Hillari Klinton va Donald Trampga qaraganda, Obama - haqiqiy davlat arbobi va dunyo kishisi. Hozir bu haqida o‘ylamasak-da, biz hali Obamaning prezidentlik davrini sog‘inamiz", - dedi Kuznik RIA "Novosti" muxbiriga.