Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Trampga yadro kodlarini ishonib bo‘lmasligini ta'kidladi
AQSh prezidenti Barak Obama Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning shaxsiy tvitterini boshqarishdan chetlashtirilishiga munosabat bildirdi. Bu haqida CNET xabar berdi.
Bundan avval OAV Trampning yordamchilari uni shaxsiy tvitterini boshqarishdan chetlashtirishgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi. Respublikachi tvitterdagi sahifasi orqali o‘z raqiblariga bir necha marotaba hujum qilgan.
Floridada nutq so‘zlagan Obama Tramp haqida shunday dedi: "Aftidan, uning kampaniyasi tvitterini olib qo‘ygan ko‘rinadi. So‘nggi ikki kunda ular uning o‘zini o‘zi nazorat qila olishiga uncha ishonishmayapti, shu bois "Biz shunchaki tvitteringizni olib qo‘yamiz" deyishgan".
Obamaning so‘zlariga ko‘ra, tvitterdagi akkauntini boshqara olmagan kishiga yadro kodlarini ishonib bo‘lmaydi. "SNL'da kulgi obektiga aylangani uchun tungi soat 3da tvitlashni boshlaydigan inson yadro kodlariga ham egalik qila olmaydi", - qo‘shimcha qildi prezident.
Manbada keltirilishicha, Tramp o‘zining tvitterida Saturday Night Live (SNL) "zerikarli" hajviy shousiga yopilishni taklif qilgan. (Shouda ko‘p marotaba Trampning ustidan kulishgan).