Vaşington prezident Donald Trampning "tinçlik rejasi"ni muhokama qilişda "alohida egiluvçanlik" körsatiş niyatida emas, deb bildirdi AQŞ armiyasi vaziri Deniyel Driskoll Ukraina va Yevropa amaldorlari, şuningdek elçilar iştirokidagi uçraşuvda. Tadbir juma kuni, 21 noyabrda, Ukrainadagi AQŞ işlari böyiça vaqtinçalik vakil Juli Devisning Kiyevdagi rezidensiyasida bölib ötdi. Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi yozişiça, yuqori martabali yevropalik davlat xizmatçilaridan biri uçraşuv ruhiyatini "öta yomon" deb ta’riflagan.

Yevropaliklarga murojaat qilar ekan, Driskoll özini optimistik ruhda ekanini aytdi va "hozir tinçlikka erişiş vaqti keldi", deya ta’kidladi. Şu bilan birga, vazir qöşimça qildi: "Biz (Tramp rejasining — tahr.) tafsilotlarini muhokama qilayotganimiz yöq". Driskollning sözlariga köra, "AQŞ qurolli kuçlari Ukrainani yaxşi köradi va uni qöllab-quvvatlaydi, ammo Amerika harbiylarining oçiqçasiga bergan bahosiga köra, Ukraina juda oğir ahvolda".

Uçraşuvda Devis ham bayonot berdi. "Qançalik Ukrainaga davom etayotgan uruşda yordam bermaylik, baribir çegaralar bor. <...> Şuningdek, Rossiya kuçli sanoat bazasiga egaligi haqida jiddiy asoslar mavjud, va masala faqat vaqtda — qaçondir baribir Ukraina kelişuv imzolaşga majbur böladi", — deya undan iqtibos keltirdi tadbirda iştirok etgan elçilardan biri. Driskoll bilan birga Devis ham Ukraina 27 noyabrga qadar "tinçlik rejasi"ni qabul qilişi lozimligi haqidagi Trampning fikrini takrorladi.

Yevropalik amaldorlardan birining sözlariga köra, uçraşuvda iştirok etganlar orasida şunday taassurot paydo böldiki, göyo AQŞ korrupsiya mojarosi fonida Zelenskiyning siyosiy zaifligidan foydalanib, tezda tinçlik kelişuviga erişişga urinyapti.

Qator YeI mamlakatlari elçilari AQŞ rejasini Rossiya uçun strategik ğalaba deb atay boşladi. Bunga javoban Devis, FT ta’kidlaşiça, 2022 yilda boşlangan töliq masştabli uruşdan beri bir million rus askari halok bölgani (bu AQŞ bahosi — tahr.) holati "ğalaba" deb atalişi mumkin emasligini aytdi.

Uçraşuv oxirida elçilar hozir tinçlik kelişuvi tuziş örniga Rossiyaga bosimni kuçaytiriş kerakligini ta’kidladi. Bu fikrga javoban AQŞ vakillari taklif qilinayotgan "tinçlik rejasi" şartlari — Ukrainaning umid qila oladigan eng yaxşi varianti ekanini qayd etdi.

Ukrainadagi AQŞ vakilligi rezidensiyasida bölib ötgan uçraşuv Yoxannesburgdagi "katta yigirmalik" — G20 sammitiga töplangan yevropalik yetakçilar örtasidagi muzokaralarni faollaştirdi. Uçraşuvlarda, jumladan, Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ham iştirok etdi, muzokaralar keçqurungaça davom etdi.