Jahon | 13:39 / 07.11.2016
11398
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyati ekin maydonlari optimallashtiriladi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston hukumati «Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida»gi qarorini qabul qildi, deya xabar qilmoqda Uzdaily.uz sayti.

Hujjat, qishloq xo‘jaligi ekinlarini, mintaqa tuproq-iqlim sharoitlarini e'tiborga olgan holda ratsional joylashtirish, qishloq xo‘jaligiekin maydonlari tuzilmasini takomillashtirish hisobiga yer-suv zaxiralaridan samarali foydalanish, fermer xo‘jaliklari iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini oshirish hamda Surxondaryo viloyati eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qabul qilingan. 

Unda qayd etilishicha, mintaqada paxta yetishtirish uchun 2016 yilda ajratilgan 117,1 ming gektar ekin maydonlari 2019 yilga qadar 90,3 ming gektargacha qisqartiriladi. Boshoqli don ekinlari uchun ajratilgan yer maydonlari ushbu davrda 98 ming gektardan 93 ming gektargacha kamaytiriladi. 

Qarorga muvofiq, kartoshka yetishtirish uchun 2,1 ming gektar, sabzavot uchun 17,7 ming, ildizmevalarga 4,4 ming gektar, chorva ozuqa ekinlari uchun 4,1 ming gektar, yog‘-moy o‘simliklariga 2,2 ming gektar va boshqa turdagi ekinlarga 1,3 ming gektar qo‘shimcha ekin maydonlari ajratiladi.
 
Natijada viloyat 2019 yilga kelib paxta tolasi xom-ashyosi yetishtirishni 264 ming (-64,8 ming) tonnagacha qisqartiradi hamda don mahsulotlarini 474 ming tonna (+20,6 ming), kartoshka 118 ming tonna (+52 ming), sabzavotlar 890 ming tonna (+390 ming), mevalar 172 ming tonna (+60 ming), chorva ozuqasi 125 ming tonna (+60 ming), yog‘-moy o‘simliklar hosili 5,5 ming tonna (+5,2 ming) va boshqa ekinlar hosili 182 ming (+27 ming) tonnaga ko‘paytiradi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid