Jahon | 07:08 / 08.11.2016
7535
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar eng zamonaviy kemalarga qarshi raketani namoyish qilishdi

Foto: © casic.cn

Xitoyda tovush tezligidan yuqoriroq tezlikka erisha oladigan kemalarga qarshi dunyodagi uchinchi raketa Xitoydagi ko‘rgazmada namoyish qilindi.

Xitoyning China Aerospace Science and Industry Corp davlat korporatsiyasi Chjuxayda o‘tayotgan xalqaro aerokosmik ko‘rgazmada eng zamonaviy SM-302 kemalarga qarshi raketasini namoyish qildi. Xitoyliklar o‘z ishlanmalarining asosiy afzalligini uning universalligida ko‘rmoqdalar: raketa kemalar, samolyotlar hamda mobil majmualarda o‘rnatilishi mumkin, deb xabar bermoqda "Regnum" axborot agentligi.

Raketaning uchish uzoqligi 290 km ni tashkil qiladi va uning yaratuvchilarining ta'kidlashicha, bunday bir raketa 5000 tonnalik suv sig‘imdorligiga ega esminetsni "kulini ko‘kka sovurishga" yetarlidir. Raketaning boshqaruv tizimida ko‘pchilik ma'lum bo‘lgan raketalarga qarshi tizimlarni chetlab o‘tishga imkon beruvchi maxsus algoritm qo‘llangan.

Bu raketa paydo bo‘lguncha faqatgina ikkitagina raketa tovushdan tezroq harakatlana olgan, bular Rossiyaning P-800 "Oniks" va Rossiya-Hindistonning PJ-10 BrahMos raketalaridir. Endi Xitoy raketasi bu raketalarga raqobatchi bo‘ladi. Xitoyliklarning aytishicha, raketaga hozirdanoq o‘nlab davlatlar qiziqish bildirgan. Raketa eksport qilinishga tayyor va uni ishlab chiqarish bo‘yicha hech qanday muammolar yo‘q.

Mavzuga oid