Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon samolyot yo‘lovchilarini qo‘rqitib yubordi
Meksikada samolyot yo‘lovchilarini noma'lum sabablarga ko‘ra samolyot bortida erkin yurgan ilon qo‘rqitib yubordi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea 6 noyabrda Aeromexico aviakompaniyasining Torreondan Mexikoga uchib ketayotgan samolyotida yuz bergan. Internetda joylashtirilgan lavhalarda yashil rangdagi ilon yuqoridagi yuk bo‘limlaridan o‘rmalab chiqib, so‘ngra pastga osilib olganini ko‘rish mumkin.
Samolyot Mexikoda qo‘ngandan keyin unga mutaxassislar kirib, ilonni ushlab olishgan. Aviakompaniya ilon qanday qilib samolyot salonida paydo bo‘lganini aniqlash bo‘yicha tergov boshlab yuborgan.
Mavzuga oid
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
00:50 / 08.02.2026
Indoneziyada dunyodagi eng uzun ilon topildi
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
20:36 / 30.12.2025