Klinton va Obama AQSh prezidentlik saylovlari arafasida so‘nggi mitingni o‘tkazishdi
AQSh prezidenti Barak Obama va davlat rahbarligi uchun demokratlar nomzodi Hillari Klinton prezidentlik saylovi oldidan oxirgi qo‘shma mitingni o‘tkazishdi. U Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida tashkil etildi.
Dastlab sahnaga sobiq davlat kotibining turmush o‘rtog‘i Bill Klinton va Amerikaning amaldagi birinchi xonimi Mishel Obama chiqishgan. Obama xonim, yana bir bor Hillari Klintonni "prezident bo‘lishga tayyor yagona inson", - deb atagan. "Ertaga biz yana bir yangi tarixni yarata olamiz", - deya ta'kidlagan Mishel Obama.
Shundan so‘ng, Oq uy rahbari so‘zga chiqqan. U o‘z ma'ruzasini ma'muriyati erishgan yutuqlarni yodga olishdan boshlagan. Obama, xususan, ish o‘rinlari soni ortgani, qayta tiklanuvchi energiya rivojlangani, qashshoqlik darajasining pasayishi, shuningdek, "Al-Qoida" yetakchisi Usoma bin Lodinning o‘ldirilishini eslab o‘tgan.
Obama o‘z nutqida Donald Trampni tanqid qilgan. Uning aytishicha, Tramp davlatni boshqarish salohiyatiga ega emas.
Bundan tashqari, - deya davom etgan Obama, milliarder "oliy bosh qo‘mondon vazifasini ham bajarishga loyiq emas". Uning fikricha, "agar Tramp maslahatchilari unga Twitter sahifasidan foydalanishiga ruxsat bermayotgan ekan, unga yadro quroli kodlarini qanday ishonish mumkin?" "Ammo, siz boshqa munosibroq kishiga ovoz berish imkoniga egasiz", - deb xulosa qilgan prezident.
Shundan so‘ng, saylovchilar va tarafdorlariga qarata nutq qilgan Hillari Klinton, birinchi galda, "8 yil mobaynida mamlakatga xizmat qilgan" Obamalar juftligiga minnatdorlik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda Amerika xalqi "kuchli yetakchi va barchasini xavf ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan ikki kishidan birini tanlashi kerak".
"Biz mening raqibimni, uning kimligini juda yaxshi bilamiz. Shunday ekan, muammo, o‘zimizdan keyin qanday mamlakat qolishini xohlashimizda", - degan sobiq davlat kotibi.
"Ertaga byulletenlarda faqatgina mening va Donald Trampning ismi-sharifi turmaydi, balki sizni o‘ylantirayotgan muammolar kun tartibiga qo‘yilgan, - deya ta'kidlagan Klinton xonim. – Biroq, bu boshlanishi, chunki biz mamlakatdagi turli qarashlarga barham berishimiz kerak".
Siyosatchi, shuningdek, "bu safargi saylovoldi kampaniyasi keskin ruhda o‘tganidan afsus" bildirgan.
Mavzuga oid
13:58
«Tramp urushlarni to‘xtata olmaydi» – amerikalik siyosatshunos Jyennifer Brik
12:46
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
12:37
Puerto-Riko aholisi yana bir bor AQSh tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berdi
09:59