Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qurolli kuchlarining favqulodda mashg‘ulotlari boshlandi
Foto: rambler.ru
Qozog‘iston Qurolli kuchlari desant-hujumchi qo‘shinlari va havo hujumidan himoya kuchlari harbiy shaylikning eng yuqori holatiga keltirilgan. Mamlakatda qo‘qqisdan harbiy mashg‘ulotlar boshlangan, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston mudofaa vazirligi.
"Respublika Oliy bosh qo‘mondoni Nursulton Nazarboyev topshirig‘iga binoan Qozog‘iston mudofaa vazirining favqulodda harbiy holat buyrug‘i bilan desant-hujumchi va havo hujumidan mudofaa harbiy qismlari yuqori harbiy shaylik holatiga keltirilgan", - deyiladi mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.
11 noyabrgacha davom etuvchi mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi "qo‘shinlarning harbiy tayyorlik darajasi va harbiy boshqaruv organlarining qobiliyatlarini aniqlash, maxsus jangovar topshiriqlarni bajarish ijro etish, turli harbiy qismlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, maxsus harbiy amaliyotlarni ijro etish usullarni takomillashtirish"dan iborat.
Mashg‘ulotlarda 5 ming nafar harbiy xizmatchi, 500ga yaqin harbiy texnika, 20dan ortiq samolyot va vertolyotlar jalb etilgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025