Qozog‘istonning AQSh bilan munosabatlari AQShdagi saylovlardan keyin o‘zgarmaydi
Qozog‘istonning AQShdagi prezidentlik saylovlaridan keyin AQSh bilan munosabatlari jiddiy o‘zgarishlarga uchramaydi, deb aytdi Qozog‘iston parlamenti quyi palatasining (majilis) xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Mavlen Ashimbayev.
"AQSh va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri AQSh va Rossiya o‘rtasidagidan boshqacha ekanligini hisobga olgan holda, biz AQShdagi prezidentlik saylovlari natijasida tashqi siyosatlarimizda qandaydir jiddiy o‘zgarishlar yuz berishini kutmayapmiz", deb aytdi Ashimbayev RIA “Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida.
Ashimbayevning ta'kidlashicha, o‘zaro munosabatlarda "u yoki bu yo‘nalishlar bo‘yicha muayyan faollashish yuz beradi". "Ehtimol, saylovlarda Klinton yoki Tramp yutishiga qarab AQSh siyosatida qandaydir ustuvorliklar o‘zgarishi mumkin, shuning uchun tashqi siyosatda muayyan o‘zgarishlar yuz beradi. Biroq Qozog‘iston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar umuman bugungi kundagidek qoladi. O‘zaro munosabatlarimizda qandaydir jiddiy transformatsiyalar yuz beradi, deb o‘ylamayman", deb aytdi Ashimbayev.
Uning fikricha, Qozog‘iston AQSh bilan avvalambor iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.
Qozog‘iston parlamenti senati raisi o‘rinbosari Sergey Gromov ham AQShdagi saylovlar natijalari Qozog‘iston bilan hamkorlikka ta'sir qilmasligiga ishonchi komilligini aytdi. "Prezidentimiz va mamlakatimiz siyosati turfa yo‘nalishli hamkorlikka qaratilgan. Bu yo‘nalishlardan biri AQSh bilan yuqori texnologiyalar va boshqa jabhalar bo‘yicha hamkorlik qilishdir. Biz prezident kim bo‘lishidan qat'iy nazar, hamkorlik qilishda davom etamiz", deb aytdi Gromov.
Mavzuga oid
09:59
AQSh Davlat departamentiga RFni SWIFT'dan uzish g‘oyasi muallifi rahbar bo‘lishi mumkin
00:54
Putin Trampni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi
23:51 / 07.11.2024
AQShdagi tadqiqot markazidan 40 ga yaqin maymun qochib ketdi
23:15 / 07.11.2024