Jahon | 16:48 / 08.11.2016
5903
1 daqiqa o‘qiladi

Obama soxta xabarlar tufayli Facebook’ni tanqid qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Barak Obama Facebook ijtimoiy tarmog‘ini soxta yangiliklar sabab tanqid qildi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.

Davlat rahbari AQSh prezidentligiga Demokratlardan nomzod bo‘lgan Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlab, Michigan universitetida o‘tkazilgan aksiyada ishtirok etdi.

Obama Facebook’ga o‘xshash ijtimoiy tarmoqlarni fitna qo‘zg‘ashga undovchi nazariyalar ustiga qurilganini bayon qildi.

Prezidentning aytishicha, ochiq-oydin yolg‘onlar qayta-qayta takrorlansa, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda aks etsa, bu holatda odamlar ularga ishonmay qo‘yadi.

Mavzuga oid