Yevropa komissiyasining dastlabki bahosiga köra, uşbu ijtimoiy tarmoqlar DSA'da közda tutilgan oşkoralik majburiyatlarini buzmoqda: platformalar tadqiqotçilarning öz ma’lumotlariga kirişini qiyinlaştirayotgani va foydalanuvçilar uçun şikoyat hamda xabardor qiliş mexanizmlarini samarali ta’minlamayotgani qayd etildi. Bu haqda komissiya juma, 24 oktyabr kuni ma’lum qildi.

YeK ma’lumotlariga köra, uçala platforma ham köpinça «töliq bölmagan yoki işonçsiz ma’lumot töplanişi»ga olib keladigan tösiqlar yaratmoqda va ilmiy tadqiqotlarni qiyinlaştirmoqda, jumladan, foydalanuvçilar noqonuniy yoki zararli kontentga duç kelayotgani-yöqligi masalalari böyiça. Komissiya ta’kidlaşiça, platformalar ma’lumotlariga oçiq kiriş — DSA oşkoralik talablarining asosiy unsuri, u yirik onlayn-platformalar faoliyatining jamiyatga ta’sirini yaxşiroq tuşunişga imkon beradi.

Bundan taşqari, Meta konserni Facebook va Instagram platformalarida noqonuniy materiallar — masalan, bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlikni aks ettiruvçi kontent yoki terrorizm tarğiboti — haqida oson xabar berişga möljallangan qulay mexanizmlar yöqligida ayblanmoqda.

Komissiyaga köra, şikoyat tartib-taomillari haddan taşqari murakkab va foydalanuvçilarni şikoyat berişdan qaytarişi mumkin bölgan «manipulyativ dizayn elementlari»ni öz içiga oladi. DSA'ga köra, platformalar şikoyatni olgaç, noqonuniy kontentni tezkor tekşirib, olib taşlaşi şart.

Yevrokomissiya şuningdek Facebook va Instagram’da kontent moderatsiyasi böyiça qarorlarda şikoyat qiliş mexanizmlaridagi kamçiliklarga e’tibor tortdi. YeI foydalanuvçilari, naşrlari öçirilgan yoki akkauntlari bloklangan taqdirda, bu qarorlar ustidan samarali ravişda şikoyat qila olmayapti. Mavjud tizimlar izoh yoki dalillarni ilova qiliş imkonini töliq bermaydi, bu esa jarayonlarning oşkoraligini çeklaydi.

Meta va TikTok komissiyaning dastlabki xulosalari bilan tanişib, yozma javob taqdim etişi mumkin. Agar qonunbuzarliklar tasdiqlansa, şirkatlarga ularning jahon böylab yillik aylanmasining 6 foizigaça miqdorida jarima solinişi mumkin. Yevrokomissiya zarurat tuğilsa, qoidalarga rioya etilişini ta’minlaş uçun majburiy jarimalar ham qöllaşini qöşimça qildi.

DSA onlayn-platformalarni foydalanuvçilarni noqonuniy kontent, tovar va xizmatlardan himoya qiliş böyiça çoralar körişga majbur qiladi. Ayniqsa YeIda 45 milliondan ortiq foydalanuvçisi bölgan Facebook, Amazon yoki Google kabi eng yirik platformalarga nisbatan talablar qattiqroq. Bu kompaniyalar töğridan töğri Yevrokomissiya nazoratida bölib, ularga nisbatan boşqa bir neça tekşiruvlar ham olib borilmoqda.