Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rovnomalar Klinton va Tramp eng yomon reytinglarga egaligini ko‘rsatdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton va Donald Tramp saylovlar kuniga misli ko‘rilmagan salbiy reytinglar bilan kelishdi. Bu haqda ushbu masala bo‘yicha tadqiqot olib borgan Gallup ijtimoiy xizmati ma'lum qildi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Trampga hozir 61 foiz, Klintonga esa 52 foiz amerikaliklar salbiy munosabatdalar. Bu ikkala ko‘rsatkich 1956 yildan beri olib borilayotgan kuzatuvlar davomidagi eng yomon natijalardir. Avvalgi antirekord 1964 yilda prezidentlikka da'vogarlik qilgan Barri Golduoterga tegishli bo‘lgan va 47 foizni tashkil qilgan.
Shuningdek, joriy nomzodlarga nisbatan "o‘ta salbiylik" ko‘rsatkichlari ham juda yuqori. Trampga 42 foiz, Klintonga 39 foiz amerikaliklar o‘ta salbiy munosabatdalar.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
17:59 / 12.02.2026
Gallup AQSh prezidentining ma’qullash reytingini e’lon qilishni to‘xtatadi
23:05 / 27.09.2024
Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
22:05 / 20.08.2024