Jahon | 15:55 / 08.11.2016
7107
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik senatorlar ilk marta xalqqa qasamyod qildi

© Fotolia/ nikitamaykov

Tojikiston parlamenti yuqori palatasi a'zolari seshanba kuni xalqqa sodiq bo‘lishga qasamyod qilishdi. Bu haqida RIA Novosti axborot agentligi muxbiri ma'lum qilgan.

Tojikiston parlamentining ikki palatasi deputatlari Tojikiston xalqiga, hukumat a'zolari esa mamlakat prezidentiga qasamyod qilishlari haqidagi tuzatishlar mamlakat Konstitutsiyasiga 2016 yilning 22 may sanasida o‘tkazilgan umumxalq referendumida qabul qilingandi.

Birinchi bo‘lib, Tojikiston Konstitutsiyasiga qo‘lini qo‘ygan holda mamlakat parlamenti yuqori palatasi spikeri Maxmadsaid Ubaydulloyev qasamyod qilgan.

Senatorlar, xalq va davlat manfaatlari ular uchun har narsadan ustun bo‘lishi, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda halollik asosida ish ko‘rishga ont ichishgan. Ular shuningdek, o‘z faoliyatlarini Tojikiston Konstitutsiyasi va qonunlari asosida amalga oshirishga, hamda o‘z bilim, kuch va tajribasini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga, milliy birdamlikni mustahkamlashga hamda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash uchun yo‘naltirishga qasamyod qilishgan.

Mavzuga oid