Surxondaryoda qasamyodini buzgan sud raisi vazifasidan ozod etildi
Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishida 3 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi, 2 nafar sudya lavozimidan ozod etildi.

Foto: Getty Images
Kengash matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021 yil 25 dekabr kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra:
- Rahimov Soyibjon Abdusamadovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning 5 yillik muddatiga Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
- Darvishaliyev G‘ayratali Umataliyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning 5 yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Seytnazarov Adilbek Djoldasovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning 5 yillik muddatiga Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek, Ibodullayev Jasur Ibodullayevich – yozma arizasiga binoan hamda sudyalik qasamyodini buzgani uchun Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
Bundan tashqari, Sharipov Jamol Rajabovich – yozma arizasiga binoan Buxoro viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:
“Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek beg‘araz, xolis va adolatli bo‘lishga tantanali qasamyod qilaman”.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning noyabr oyida ham qasamyodini buzgan 2 nafar sudya lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi va aldanib ko‘r bo‘lib qolgan ayol. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
Jamiyat | 09:41
-
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 09:40
-
21 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi
O‘zbekiston | 09:38
-
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
Sport | 09:37
Mavzuga oid

23:27 / 12.05.2025
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi

13:59 / 30.04.2025
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi

11:55 / 21.04.2025
Toshkentda sudya mast holatda mashina olib qochgani aytilmoqda

17:55 / 01.04.2025