Alisher Usmonov ofshordagi aktivlarini to‘liq Rossiyaga o‘tkazdi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan "Metalloinvest" metallurgik xoldingi o‘zining aktivlarini to‘liq Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tkazdi. Bu haqda xoldingning rasmiy xabarida aytildi.
Xabarda aytilishicha, shaxslarining bir guruhi doirasida USM Investments Limited‘ning 22,1 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi USM Holdings Limited va "OEMK" kompaniyasi o‘zlarining "Metalloinvest" kompaniyasidagi ulushlarini nolgacha qisqartirishadi.
Oktyabrda Alisher Usmonov Rossiyaning soliq rezidenti bo‘lishdan to‘xtagani ma'lum qilingandi. Tadbirkorning aktivlarini boshqaruvchi USM Holding’da kalendar yilida joriy yil davomida Rossiya hududida 183 kundan kam vaqt mobaynida bo‘lmagan shaxslar soliq rezidentlari deb hisoblanishlari tushuntirilgandi. Bu maqom soliq to‘lovchining fuqaroligiga bog‘liq emas.
Usmonov Forbes jurnali bo‘yicha, eng boy rossiyaliklar ro‘yxatida Leonid Mixelson va Mixail Fridmandan keyin 3-o‘rinni egallamoqda. Uning boyligi 12,5 mlrd dollarga baholangan.
2012 yilda tashkil etilgan USM Holdings "Megafon", "Metalloinvest", Mail.Ru Group, bir qator media-aktivlar (Disney Russia, "Muz-TV" va "Yu" telekanallari) aksiyalariga egalik qiladi. Usmonovdan tashqari, xoldingning asosiy aksiyadorlari Vladimir Skoch va Farhod Moshiriy hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
20:49 / 29.10.2024
Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lishi mumkin
15:10 / 14.10.2024
Bild: Usmonov ARD jurnalisti ustidan prokuraturaga ariza berdi
21:22 / 01.10.2024