Jahon | 08:16 / 09.11.2016
5079
2 daqiqa o‘qiladi

CNN: Klinton o‘zining g‘alabasi taxmin qilingan shtatda ustunlik qilmoqda

Foto: riafan.ru

AQSh prezidentligi uchun saylovlarda respublikachi nomzod Donald Tramp umumiy natijaga jiddiy ta'sir ko‘rsatadigan shtatlardan biri Kolorado shtatida imkoniyatni boy bermoqda. Bu yerda ovoz byulletenlarining 51 foizi sanalganida demokratlar nomzodi Hillari Klinton 49,3 foizdan ortiqroq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Tramp 43,3 foiz saylovchi ishonchiga sazovor bo‘lgani xabar qilinmoqda. 

Donald Tramp esa, odatda respublikachilarga yonbosuvchi Texas shtatida raqibini dog‘da qoldirmoqda. Bu yerda, ovozlarning 50 foizi sanalgan vaqtda Tramp uncha katta bo‘lmagan farq bilan raqibi Klintonni ortda qoldirmoqda. 

Saylov natijalarini mahalliy saylov qo‘mitalaridan Assoshieyted Press agentligi to‘plab, boshqa OAVga tarqatadi. 

Unga ko‘ra, Tramp ushbu shtatda 49,7 foiz ovoz to‘plagan, Hillari Klinton — 46,2 foizga egalik qilayapti.  

Texas 38 nafar vositachi-saylovchiga egaligi bilan prezidentlik saylovlaridagi muhim shtatlardan biri hisoblanadi. Biroq, bu safargi saylovda Trampning g‘alabasini ko‘pchilik taxmin qilayotgan edi. Shu bilan birga, Klinton uchun Texasda g‘alaba qozonish unchalik ham muhim emas.

Mavzuga oid