Jahon | 13:15 / 09.11.2016
17083
2 daqiqa o‘qiladi

Obama: AQSh prezidentligiga saylov natijasi qanday bo‘lmasin Quyosh chiqaveradi

Foto: © AP

AQSh prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylov natijasi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar Quyosh chiqaveradi, mamlakat esa dunyoning qudratli davlati bo‘lib qolaveradi. Oq uyning amaldagi xo‘jayini Barak Obama BuzFeed News kanalining Twitter sahifasiga joylagan videomurojaatida shunday bayonot bergan. 

«Bugun tunda qanday natija bo‘lishidan qat'i nazar Quyosh tongda ayni joyidan chiqadi, Amerika esa Yerdagi eng buyuk davlat bo‘lib qoladi», — degan Obama. U amerikaliklarni mehribonroq bo‘lishga, milliy birlikni mustahkamlash va bir-birini demokrat yoki respublikachiga ajratishni bas qilishga chaqirgan. 

Siyosiy kampaniya, prezidentning e'tirof etishicha, keskin bahs-munozaralarga boy bo‘lgan. biroq, aslida AQSh aynan shu sababli har doim kuchli bo‘lib kelgan. 

Obama, shuningdek, AQSh fuqarolari saylovoldi poygasi yakunlanganidan xursand ekanliklarini aytgan. «Nihoyat, saylovlardan keyingi tun kirib keldi. O‘ylaymanki, bu ko‘pchiligimiz uchun yaxshi xabar. Keling, haqiqatga tik boqib, tan olaylik, bu safargi saylovlar, keskin, holdan toydiruvchi va g‘aroyib bo‘ldi», — deb xulosa qilgan Obama. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid