Ja'far Irismetov: O‘zbekistonda futbol inqirozga yuz tutmoqda
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi, o‘z vaqtida Moskvaning «Spartak» jamoasi a'zosi bo‘lgan, ayni vaqtda Toshkentning «Obod» klubini boshqarayotgan mutaxassis Ja'far Irismetov Rossiyaning «Chempionat» nashriga intervyu berdi.
U rossiyalik muxbir Mark Bessonov bilan suhbat davomida uning o‘zbek futboli haqida savoliga ham javob qaytargan va O‘zbekistonda futbol rivojlanmayotganini qayd etgan.
«Mening hisoblashimcha, keyingi yillarda bizning futbol so‘nggi yillarda rivojlanmayapti, aksincha orqaga ketmoqda. Bolalar va o‘smirlar futboli oqsamoqda. Mana yoshlar terma jamoasi mundialga chiqa olmadik, axir biz so‘nggi yillarda jamoamizni Jahon Chempionatlarida ko‘rishga odatlanib qolgandik», degan Oliy liga debyutanti murabbiyi.
Qayd etish kerakki, bundan oldinroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Samvel Babayan yaqindagina shu nashrga intervyu berib, mahalliy futbol o‘sib borayotgani haqida aytib o‘tgandi. Jurnalist esa boshqa bir o‘zbekistonlik murabbiydan ham shu haqda so‘rashga qaror qilgandi.
Shu bilan birga u O‘zbekiston terma jamoasining Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanini aytgan.
«To‘g‘ri, Babayan natija ko‘rsatmoqda, lekin Eronga qarshi so‘nggi o‘yinda muammolarimiz ko‘rinib qoldi. O‘zbekiston termasiga saviyali futbolchilar yetishmaydi. Ahmedov va Denisov butsalarini mixga ilgach, ularni kim almashtiradi? Men o‘z chempionatimni yomon bilmayman, shu yerda ishlayapman. Lekin aytishim kerakki, termani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan hech kim yo‘q», — deya qayd etgan Irismetov.
Irismetov futbolchi sifatida O‘zbekiston chempioni, mamlakat Kubogi sohibi hisoblanadi. U bir mavsumda gol urish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati rekordchisidir (37 uchrashuvda 45ta gol). U «Spartak»dan tashqari, Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina chempionati jamoalari safida o‘ynagan.
Mavzuga oid
09:33 / 17.08.2021
Shavkat Mirziyoyev: «Yirik shaharlarda yangi qurilishlarni shahar tashqarisidagi hududlarda amalga oshirish choralari belgilanmoqda»
09:29 / 17.08.2021
«Men faqat to‘g‘ri va haqqoniy ma'lumotni bilishni istayman» - Prezident
09:24 / 17.08.2021
Sog‘liqni saqlash tizimida 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingan
09:21 / 17.08.2021