Jahon | 17:46 / 10.11.2016
5024
1 daqiqa o‘qiladi

IKEA Suriyadagi xaroba uyga o‘xshash shou-rum qurdi

Norvegiyaning IKEA mebel kompaniyasi mamlakatdagi o‘zining do‘konida maydoni 25 kvadrat metr bo‘lgan Suriyadagi vayron bo‘lgan uyning aynan nusxasini qurdi. Mazkur shou-rum kompaniya Qizil xoch jamiyati bilan birga olib borayotgan xayriya aksiyasiga e'tibor qaratish maqsadida tashkillashtirilgan.

Beton bloklardan qurilgan pavilon IKEA kompaniyasining odatiy buyumlari bilan to‘ldirilgan. Buyumlarga yopishtirilgan narx yozilgan yorliqchalar bilan birga, taom, suv va dori-darmon yetishmasligidan aziyat chekayotgan suriyalik oilalar tarixi ham yozib qo‘yilgan.

Mazkur shou-rumda ikki hafta mobaynida (17 oktabrdan 31 oktabrgacha) unga 40 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi. Xayriya qilingan pul miqdori esa 22 million yevroni tashkil etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid