13:44 / 10.11.2016
10546

Rossiya fuqarosi birinchi marta Interpol vitse-prezidenti bo‘ldi

Foto: Rossiya IIV matbuot xizmati

Rossiyaning Interpol Bosh assambleyasida qatnashgan delegatsiyasiga rahbarlik qilgan politsiya general-mayori Aleksandr Prokopchuk ushbu tashkilotning vitse-prezidentligiga saylangan. Bu haqda, Rossiya delegatsiyasi tarkibidagi manbasiga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda. 

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik mulozim Rossiyaning Interpol safiga kirganidan beri ilk marotaba tashkilotning Yevropa bo‘yicha vitse-prezidenti bo‘lgan. 

Shu bilan birga, xalqaro jinoyat politsiyasi tashkilotining yangi prezidenti ham saylangan. Endilikda ushbu tashkilotga Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosari Men Xunvey rahbarlik qiladi.

Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tayotgan to‘rt kunlik anjuman chog‘ida, 161 mamlakatdan kelgan vakillar uchta asosiy masala: terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashni muhokama qilishadi. 

Top