Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya tashqi ishlar vazirligi: Germaniyaning Afg‘onistondagi konsulligiga hujum qaytarildi
Foto: © AFP
Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahridagi Germaniyaning konsulligiga "Tolibon" harakati jangarilarining hujumi qaytarildi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
"Mozori-Sharifdagi Germaniya konsulligiga hujum qaytarildi. Biz Afg‘oniston va "Qat'iy ko‘mak" operatsiyasi jasur kuchlariga ularning vaziyatga aralashuvi uchun minnatdormiz", deb aytildi Germaniya tashqi ishlar vazirligining tvitterdagi xabarida.
Biroq vazirlik nemis dimlomatlari orasida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar bo‘lgani haqida hech narsa ma'lum qilmagan.
Avvalroq Germaniya konsulligi yonida janglar borayotgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar borligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026