Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada hijob yechishni rad etgan ayol 30 ming yevrolik jarimaga tortildi
Alban millatiga mansub 40 yoshli ayolga Italiyada jamoat joyida hijob yechishni rad etgani uchun 30 ming yevro jarima solindi. ANSA axborot agentligi xabar berishicha, Pordenone shahri sudyasi ayolga berilgan dastlabki 4 oylik qamoq jazosini shunday miqdordagi jarima bilan almashtirishga qaror qilgan.
Voqea bir oycha avval San-Vito al Talyamento shahar kengashi yig‘ilishi vaqtida yuz bergan. Bu shaharda 2000 yildan beri yashab kelayotgan va yaqinda Italiya fuqaroligini olgan ayol shahar merining jamoat tadbiri ishtirokchilari taniladigan ko‘rinishda bo‘lishlari kerakligi borasidagi talabiga qaramasdan, hijobni yechishdan bosh tortgan. Shundan keyin ayol zaldan olib chiqib ketilgan va jamoatchilik tartibini buzishda ayblangan.
Italiyada 1975 yildan beri jamoatchilik joylarida yuzni berkituvchi bosh kiyimlar, jumladan mototsikl shlemlarida bo‘lishni taqiqlovchi qonun amal qilib keladi. Bu qonun jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan. Oxirgi yillarda Italiyaning ba'zi shaharlari, jumladan Milan bu qonunni qat'iylashtirgan. Bu choralarga ko‘ra, hijoblarda bo‘lgan ayollarga ularni shifoxonalarda ham yechish majburiy qilib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
11:01 / 14.07.2026
Yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar uchun haq to‘lamaganlarga jarima qo‘llanishi mumkin
21:36 / 12.07.2026
Bug‘doydan bo‘shagan yerlarni yoqib yuborgan 172 kishiga 212,5 mln so‘m jarima solindi
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026