Özbekistonda yölböyi töxtaş joylaridan foydalanganlik uçun haq tölamaganlik yoki tölovdan böyin tovlaş uçun ma’muriy javobgarlik belgilanişi mumkin. Toşkent şahri hokimligi «Töxtab turiş joylariga doir talablarga rioya etmaganlik uçun ta’sir çoralarini belgilaş böyiça Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida» taşabbus bilan çiqdi.
Loyihada Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksni «pulli töxtab turiş joylaridan foydalanganlik uçun tölov qilişdan böyin tovlaş» deb nomlangan yangi 128−11-modda bilan töldiriş közda tutilgan.
Loyihaga köra, yölböyi pulli töxtaş joylaridan foydalanganlik uçun belgilangan muddatda haq tölamaslik yoki tölovdan böyin tovlaş BHMning 2 baravari (1 sentabrgaça – 824 ming söm, 1 sentabrdan boşlab – 880 ming söm) miqdorida jarimaga sabab böladi. Bu norma qonunçilikka muvofiq töxtaş joylaridan bepul yoki imtiyozli foydalaniş huquqiga ega bölgan şaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tölov amalga oşirilmaganini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali aniqlaş taklif etilmoqda. Bunday huquqbuzarliklarni körib çiqiş va ma’muriy jazo tayinlaş yöl-patrul xizmati xodimlariga topşirilişi mumkin.
Loyihaga ilova qilingan tuşuntiriş xatida keltirilişiça, Toşkentda pulli avtoturargohlardan kuniga taxminan 15 ming haydovçi foydalanmoqda, şundan faqat 2–3 foizi, ya’ni 300−450 nafar atrofidagi haydovçi xizmat haqini tölamoqda.
Şuningdek, bir oy davomida bu xizmatdan taxminan 465 ming nafar haydovçi foydalanadi. Ulardan faqat 9300–12 950 nafari tölovni amalga oşiradi.
Javobgarlik joriy etilişi haydovçilarning tölov intizomini oşiriş, pulli avtoturargohlar tizimi işlaşini ta’minlaş va ulardan foydalaniş qoidabuzarliklarini kamaytirişga xizmat qilişi kerakligi qayd etilgan.
28 iyulga qadar regulation.gov.uz portalida e’lon qilingan uşbu loyiha yuzasidan taklif va mulohazalarni bildiriş mumkin.












