19:54 / 11.11.2016
5140

Los-Anjyelesda Trampga qarshi namoyishlar davomida 185 kishi hibsga olindi

Los-Anjyelesda Donald Trampga qarshi norozilik namoyishlari davomida 185 kishi hibsga olindi, deb xabar bermoqda CNN.

Ma'lum qilinishicha, namoyish ommaviy tartibsizliklarga, politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgan. Hibsga olinganlarning bir qismi komendantlik soatini buzgan balog‘atga yetmagan yoshlar bo‘lgan. Bundan avvalgi kun bir necha yuz norozilar shaharning eng gavjum yo‘llaridan birini to‘sib qo‘ygandilar.   

Oklendda ham Trampga qarshi minglab namoyishchilar tartibsizliklar uyushtirdilar. Bu yerda hibsga olishlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

Avvalroq Portlenddagi tartibsizliklarda 26 kishi hibsga olingani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top