Iqtisodiyot | 10:24 / 11.11.2016
5082
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Afg‘oniston qurolli kuchlarini o‘rgatish va IShIDga qarshi kurash uchun 11,6 mlrd dollar so‘radi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Barak Obama 10 noyabrda kongress rahbariyatiga Afg‘onistonga uning qurolli kuchlarini tayyorlash hamda IShIDga qarshi kurash va shunga o‘xshash vazifalar uchun qo‘shimcha 11,6 mlrd dollar ajratish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda Obamaning vakillar palatasi spikeri Pol Rayanga yuborgan maktubi matnini tarqatgan Oq matbuot xizmati ma'lum qildi.     

Hujjatda aytilishicha, Obama qonun chiqaruvchilarni "xorijdagi favqulodda operatsiyalar"ga ajratiladigan mablag‘ni ko‘paytirish uchun 1 oktabrda boshlangan 2017 moliyaviy yil uchun federal byudjyetga tuzatishlar kiritishni so‘ragan. Obama bu modda bo‘yicha Pentagonning moliyalashtirilishini "afg‘on milliy mudofaa kuchlari va xavfsizligi" va IShIDga qarshi Suriya va Iroqda olib borilayotgan kurashni qo‘llab-quvvatlash uchun 5,8 mlrd dollarga oshirishni taklif qildi. Obama xuddi shuncha mablag‘ Davlat departamenti va uning tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish agentligi byudjyetidan "elchixonalar xavfsizligini mustahkamlash" hamda IShID jangarilari va boshqa terrorchilardan ozod qilingan Iroq va Suriyaning hududlaridagi aholiga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida qo‘shimcha ajratilishini so‘ragan.  

Obama ma'lumotlariga ko‘ra, yangi iltimos ma'qullansa, uni hisobga olgan holda, 2017 moliya yilida "xorijdagi favqulodda operatsiyalarni" moliyalashtirish qiymati 85,3 mlrd dollargacha oshadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid