Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Tolibon" jangarilari Germaniyaning Afg‘onistondagi konsulligiga hujum qilishdi
Foto: © DPA
"Tolibon" radikal harakati jangarilari Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida joylashgan Germaniyaning konsulligiga hujum qilishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, jangarilar bomba bilan jihozlangan avtomobilni konsullik binosiga yo‘naltirishgan. Portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 60 dan ko‘proq kishi jarohat olgan. Biroq konsullik xodimlari orasida halok bo‘lganlar borligi ma'lum qilinmagan.
"Tolibon" jangarilari ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olganlar va bu NATO kuchlarining bir hafta avval Qunduzda amalga oshirgan aviazarbalari uchun javob hujumi ekanligini aytishgan. Ta'kidlanishicha, Germaniya NATO kuchlarining Afg‘oniston shimolida joylashishi uchun javobgardir.
Ma'lum qilinishicha, Germaniya tashqi ishlar vazirligida ushbu voqea tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026