Jahon | 20:55 / 11.11.2016
15645
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eron atomi bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqchi

Foto: © AP Photo/ John Locher

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqish va unga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi, deb ma'lum qildi Trampning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Valid Fares. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Tramp bir necha marotaba Eron bilan kelishuvni tanqid qilgan. Eron kelishuvga ko‘ra xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi evaziga o‘z yadroviy dasturi tinch ko‘rinishda bo‘lishini kafolatlagan.

"Tramp bu kelishuvni olib, qayta ko‘rib chiqib, uni kongressga yuboradi, eronliklardan ba'zi bandlarni qaytarish yoki o‘zgartirishni talab qiladi va bu muhokama qilinadi", deb ma'lum qildi Fares hamda Tramp ma'muriyati kelishuvni hozirgi ko‘rinishda qabul qilmasligini qo‘shimcha qildi.

9 noyabrda Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Oloviddan Bo‘rujyerdi AQShning yangi prezidentidan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini kutib qolishini aytgandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid