Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev XXR tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyatiga, shaxsan XXR Raisi Si Tszinpinga samimiy minnatdorlik bildirdi. Xitoy tashqi ishlar vazirining Samarqandda bo‘lib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgani Birinchi Prezidentimizga yuksak ehtirom ifodasidir.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yilda Xitoyga hamda XXR Raisi Si Tszinpinning 2016 yilda O‘zbekistonga tashriflari o‘zaro anglashuv va ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlagani, ikki taraflama manfaatli hamkorlikka yangi sur'at bag‘ishlaganini alohida qayd etdilar.
Muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnikaviy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
XXR tashqi ishlar vaziri Van I samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Xitoy rahbariyati O‘zbekiston bilan mamlakatlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan barcha istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha sheriklikni bundan buyon ham faol rivojlantirish va mustahkamlashdan, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining barqarorligi, xavfsizligi, izchil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lidagi hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.
Mavzuga oid
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026