Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va RF meva-sabzavotlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishib olishdi
Foto: uzdaily.uz
2016 yil 8-10 noyabr kunlari Toshkentda I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tgani haqida avval xabar berilgan edi. Unda turli xorijiy mamlakatlarning ushbu soha vakillaridan iborat delegatsiyalari ham qatnashgan. Jumladan, Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlariga katta qiziqish bildirgan. RF Qishloq xo‘jaligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif so‘nggida O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotlarni yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya ishchi guruhi tuzilgan.
Xususan, Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Gromiko O‘zbekistonga safari chog‘ida, respublikadan Rossiyaga meva-sabzavotlarni yetkazib berish hajmini oshirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.
Uning ta'kidlashicha, 2016 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotlarni yetkazib berish o‘tgan yilga nisbatan 2,3 baravarga oshgan. Yevgeniy Gromiko O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev bilan ham uchrashgan.
I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida ma'lum qilinishicha, 2016 yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston 700 ming tonnaga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilgan. Yil oxirigacha bu ko‘rsatkich 1 mln. tonnaga yetishi kutilmoqda. Mahsulotlar eksportining 60-65 foizga yaqini Rossiya Federatsiyasiga yuborilgan.
Mavzuga oid
10:31 / 07.02.2026
Yanvarda inflatsiyaga eng ko‘p meva-sabzavot narxlari ta’sir qildi
08:59 / 30.12.2025
O‘zbekiston 1,9 mlrd dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qildi
13:00 / 23.12.2025
O‘zbekiston va Turkiya meva-sabzavot savdosidagi cheklovlarni yumshatishni muhokama qildi
12:57 / 15.12.2025