Qömita hisob-kitoblariga köra, yanvar oyida yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 107,2 foizni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,7 foiz bandga past.

Oylik hisobda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 0,8 foizga oşgan. Aynan uşbu guruh inflatsiya şakllanişida asosiy omil bölgan.

Jumladan, meva-sabzavotlar orasida bulğor qalampiri narxi 18,5 foizga, banan 6,3 foizga, limon 4,9 foizga, qovoq 4,2 foizga, uzum 3,4 foizga, olma 2,1 foizga qimmatlaşgan. Şuningdek, kartoşka (1,9 foiz) va sabzi (1,8 foiz) narxlari ham ösgan.

Göşt va boşqa mahsulotlardan qöy göşti 1,6 foizga, mol göşti 1 foizga, parranda göşti 1,5 foizga, tovuq tuxumi va birinçi navli buğdoy uni 0,5 foizga qimmatlaşgani kuzatilgan.

Ayni paytda inflatsiyani pasaytiruvçi omil sifatida pomidor narxi 2,1 foizga hamda barça navdagi guruç va guruç oqşoği 1,8 foizga arzonlagani qayd etilgan.

Nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga, aholiga körsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,8 foizga oşgan. Xizmatlar içida şaxsiy transport vositalarini suğurtalaş, mobil aloqa va sartaroşxona xizmatlari narxlarida ösiş kuzatilgan.

Ma’lumotlarga köra, iste’mol narxlari indeksi 2026 yil yanvardan boşlab yangilangan uslubiyot asosida hisoblanmoqda. Hisob-kitoblar 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtalarida qayd etilgan 1,2 millionga yaqin narx kuzatuvlari asosida şakllantirilgan.