Özbekiston meva va sabzavotlar eksportida barqaror ösişni namoyiş etib, xalqaro bozorlardagi öz mavqeyini mustahkamlamoqda. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri xabar berdi.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, yanvar–noyabr oylari davomida mamlakat tomonidan 1,9 milliard dollar qiymatidagi 2 million tonna mahsulot eksport qilingan. Eksport hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 36,8 foizga köp. Meva-sabzavot mahsulotlarining mamlakat umumiy eksport hajmidagi uluşi 6,3 foizni taşkil etgan.

Eksport qilingan mahsulotlar tarkibi quyidagiça:

  • meva va rezavorlar — 580,9 ming tonna;
  • sabzavotlar — 553 ming tonna;
  • tarvuz-qovun — 232,9 ming tonna;
  • yeryonğoq va yonğoqlar — 25,8 ming tonna;
  • moş — 129,6 ming tonna;
  • boşqalar — 500 ming tonna.

Qayd etilişiça, eksport hajmining ösişi logistika tizimining yaxşilanişi, taşqi bozorlarning kengayişi hamda mahsulot sifati oşişi bilan izohlanadi. Şu tariqa, Özbekiston xalqaro maydonda yangi va sifatli meva-sabzavot mahsulotlarining işonçli yetkazib beruvçisi sifatida öz pozitsiyasini mustahkamlaşda davom etmoqda.