Yakkakurash jangchilari Makgregor va Nurmagomedov mushtlashib ketishlariga bir baxya qoldi
Irlandiyalik yakkakurashchi Konor Makgregor Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan UFC 205 musobaqasidan avval raqibi Eddi Alvares bilan matbuot-anjumanida gap talashib qolib, mushtlashishiga yo‘l qo‘ymaganlaridan keyin o‘zining "qahrini" boshqa joyda sochishga harakat qildi: u rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov bilan mushtlashib ketishiga bir baxya qoldi.
Voqea musobaqaning vazn o‘lchash marosimi vaqtida yuz berdi. Makgregor va Nurmagomedov yo‘laklardan birida uchrashib qolishdi hamda bir-birlariga anchagina "iltifotlar" ko‘rsatishdi va natijada mushtlashib ketay deyishdi. Biroq mushtlashuvning yuz berishiga musobaqa xavfsizlik xizmati yo‘l bermadi.
Magregor mushtlashuv chiqarishga uchinchi urinishi "o‘z mevasini keltirishiga umid qilib", amerikalik jangchi Tayron Vudliga u telefon bilan xuddi ayol kishiga o‘xshashini aytib, uni kurakda turmaydigan so‘z bilan haqoratladi, biroq bu yerda ham "irlandiyalik jo‘jaxo‘rozga" qo‘riqchilar xalaqit qilishdi.
Magregor o‘zining anchagina "quruq harakatlari" bilan omma oldida o‘zini ko‘rsatishni yaxshi ko‘rishi bilan tanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Magregor Alvaresga qarshi uchrashuvda qo‘li baland kelib, UFC tarixida ikki xil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan birinchi sportchi bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019
Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
14:14 / 26.10.2019