Italiya 29 yillik rekordni takrorlab, 10 yillik mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi
Italiya terma jamoasi JCh-2018 saralashi doirasida Lixtenshteynga qarshi kechgan safar uchrashuvida birinchi bo‘limda 4 gol urdi. Andrea Belotti ikkita, Chiro Immobile va Antonio Kandreva bittadan golni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi.
Italiya terma jamoasi oxirgi marta birinchi bo‘limdayoq to‘rtta golni 29 yil oldin, 1987 yilning 24 yanvarida urgandi. O‘shanda «skuadra adzurra» Yevropa chempionati uchun saralash doirasida Malta darvozasiga birinchi bo‘limdayoq javobsiz 5ta gol yo‘llagan.
Shuningdek, Italiya Lixtenshteynni yengish orqali, saralash o‘yinlaridagi 10 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Jamoa 2006 yildan buyon saralash bosqichida 54 uchrashuv o‘tkazgan va 40 g‘alaba hamda 14 durang qayd etgan.
Mavzuga oid
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
12:50 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Italiya mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
14:38 / 30.10.2024