OAV Trampga qarshi namoyishlarni kim moliyalashtirayotganidan xabar topdi
Oxirgi kunlarda AQShning yirik shaharlarida AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampga qarshi o‘tayotgan norozilik namoyishlari xayriya jamg‘armasi sifatida qayd qilingan Progress Unity Fund tashkiloti tomonidan moliyalashtirilmoqda, deb ma'lum qildi Daily Caller axborot portali.
Tashkilot soliqqa tortilmaydigan tashkilot bo‘lib, "Qizil xoch" kabi tasnif bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jamg‘arma Tramp g‘alabasidan keyin unga qarshi namoyishlar tashkil qilishni boshlagan faollar qarashli bo‘lgan ANSWER (Act Now to Stop War and End Racism – Urushni to‘xtatish va irqchilikka chek qo‘yish uchun harakat qil) huquqni himoya qilish tashkilotlari koalitsiyasiga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi. Jumladan, ANSWER tashkiloti Chikago, Nyu-York, Vashington, San-Frantsisko va boshqa shaharlarda namoyishlar o‘tkazgan.
ANSWER’da xayriya jamg‘armasi "moliyaviy homiy" sifatida qabul qilinadi va guruh o‘z tarafdorlaridan Trampga qarshi keyingi namoyishlarni tashkil qilish uchun moliyaviy ko‘mak so‘ramoqda. Bunday namoyishlarni jumladan Trampning 2017 yil 20 yanvardagi inauguratsiyasi vaqtida o‘tkazish rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda nashr.
Mavzuga oid
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
23:38 / 05.08.2024
Bangladesh prezidenti muxolifat yetakchisi Xolida Ziyoni ozod etdi
13:07 / 26.03.2023
Millionlab fransuzlar ko‘chaga chiqdi, ular nima xohlayapti?
23:44 / 13.03.2023