Siyosatshunoslar: AQShning yangi haqiqiy birinchi xonimi Trampning qizi bo‘ladi


Donald Trampning 2017 yil 20 yanvardagi inauguratsiyasidan keyin AQShning birinchi xonimi uning rafiqasi Melaniya Tramp bo‘ladi. Biroq shu bilan birga siyosatshunoslar Trampga rafiqasidan ko‘ra uning qizi, 35 yoshli Ivanka Tramp ko‘proq ta'sirga ega bo‘ladi, degan fikrni bildirmoqdalar.
Avgustda Trampdan saylovlarda g‘alaba qozonsa qaysi ayolni o‘z jamoasiga olgan bo‘lishi so‘ralganda "Tanlov katta, biroq hamma shubhasiz "Ivankani ol, Ivankani ol" deb aytsa kerak" deb javob bergan.
Ivanka Tramp namoyishlarda ishtirok etib va otasiga qo‘shimcha ovozlarni to‘plashga urinib uni butun saylovoldi kampaniyasi davomida qo‘llab-quvvatladi. Tadbirkor va ko‘p farzandli ayol bo‘lgan Ivanka otasi tomonga ko‘plab ayollarni jalb qila oldi.
Melaniya Tramp emas, aynan Ivanka milliarderning prezidentlikka nomzod sifatida tanishtirilishi marosimida unga hamrohlik qilgan. Vanity Fair jurnali Ivankani "Tramp rafiqasining o‘rinbosari" deb atagan. "Tramp shtabi, ko‘rinishicha, o‘z g‘oyalarini milliarderga uning rafiqasi orqali emas, balki qizi orqali yetkazishni afzal ko‘radi", deb yozgan nashr.
Ivanka o‘z ukalari Erik va Donaldga otasining kompaniyasi – Trump Organization’ni va Trump Hotels mehmonxonalar tarmog‘ini boshqarishda yordam beradi. Trampning birorta ham rafiqasi oilaviy biznesga Ivankachalik ta'sirga ega bo‘lmagan. Aytishlaricha, Ivanka kompaniyada eng yirik bitimlarning tuzilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ivanka Tramp o‘z saytida "Men ayollarni ilhomlantirishni va ularga o‘z hayotlarini o‘zlari istagancha, boshqalarga boqmagan holda qurishlari uchun kuch berishni istayman", degan fikrni bildirgan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
Jamiyat | 07:53
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
Mavzuga oid

18:19 / 03.12.2020
Vashington prokuraturasi Ivanka Trampni pul o‘zlashtirish ishi bo‘yicha so‘roq qildi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020