Jahon | 19:20 / 13.11.2016
13873
2 daqiqa o‘qiladi

Somali prezidenti butun dunyodan ko‘mak so‘ramoqda

Foto: Getty Images

Somali prezidenti Hasan Shayh Mahmud Afrika shoxi hududida avjiga chiqqan kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan mamlakati aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish iltimosi bilan xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda

"Men xalqaro hamjamiyatga vaziyat yomonlashishni boshlamaguncha darhol Somali xalqiga yordamga kelishi iltimosi bilan murojaat qilmoqdaman. Yordam juda tez kerak, ayniqsa qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan hududlarda", deb aytgan Somali prezidenti.  

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil sentabr holatiga ko‘ra, Somalida oziq-ovqat yetishmasligiga ro‘baro‘ kelgan umumiy aholi soni 5 mln kishidan oshib ketdi, bu esa mamlakat aholisining 40 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Somali hukumati bergan rasmiy hisobotda ta'kidlanishicha, 5 yoshdan katta 300 mingdan ko‘proq bola muntazam ravishda kuchli me'yorida ovqat yemaslikdan aziyat chekadi.

 

Mavzuga oid