Loyihada iqlim özgarişi bilan boğliq xatarlar — qurğoqçilik, çöllaniş, çang-qum böronlari va harorat kötarilişi oqibatlarini yumşatiş ustuvor yönaliş sifatida qayd etilgan. Şu maqsadda gidrometeorologik monitoring va prognozlaş sifatini oşiriş, qişloq xöjaligi uçun agrometeorologik ma’lumotlarni aniqlaştiriş hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalaniş mexanizmlarini kuçaytiriş rejalaştirilgan.

Loyihada keltirilgan asosiy maqsadli körsatkiçlar:

  • xavfli gidrometeorologik hodisalar töğrisida barvaqt ogohlantirişlar darajasini 100 foizga yetkaziş;
  • toğ daryolari oqimi prognozlarining işonçliligi darajasini 98 foizga yetkaziş;
  • çöllaniş, qurğoqçilik, çang-qum böronlari va harorat kötarilişiga qarşi çora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yaşil qoplamalar” — himoya örmonzorlarini barpo etiş;
  • qişloq xöjaligi ekinlarining rivojlanişi va hosildorligi haqidagi agrometeorologik prognozlarning işonçlilik darajasini 96 foizga yetkaziş;
  • foydali qazilmalarni qazib oliş natijasida buzilgan 6 075 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qiliş;
  • suvsizlik va qurğoqçilikka çidamli, har bir hudud iqlimiga mos ekinlar, meva va uzumning yuqori hosildor navlarini yaratiş va hosildorlikni 30–35 foizga oşiriş.

Loyihaga köra, mazkur çora-tadbirlar tabiiy ofatlar xavfini oldindan baholaş va aholini öz vaqtida xabardor qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, suv resurslarini boşqarişda prognozlar aniqligini oşiriş, hamda qişloq xöjaligini iqlim xatarlariga moslaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.