Sport | 21:15 / 13.11.2016
9257
2 daqiqa o‘qiladi

Son Xeung Min: «O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan jamoada o‘ziga bo‘lgan ishonch ortgan»

Bugun Janubiy Koreya terma jamoasi “Seoul World Cup Stadium” o‘yingohida salkam 1,5 soat davomida mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar yakunida terma jamoaning yetakchilaridan hisoblangan Son Xeung Min mahalliy jurnalistlar e'tiborida bo‘ldi. 

“Biroz dam olganligim tufayli holatim yaxshi. Faqat jarohatim ozgina bezovta qilyapti. Kanada bilan o‘yinni tashqaridan kuzatib o‘tirdim. Yigitlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch ortganligidan xursandman, Lekin asosiy o‘yin bu emasdi. Eng muhim o‘yin O‘zbekiston bilan bo‘ladi. 

Hozirda jismoniy holatim yaxshi. Lekin O‘zbekiston bilan o‘yinda jismoniy tayyorgarlikdan ko‘ra ruhiy tayyorgarlik juda muhim. Men hujumkor futbolchiman va gol urishga urinaman. O‘zbekiston bilan o‘yinda esa kimning gol urishi farqi yo‘q. Muhimi, natija ko‘rsata olishimiz zarur”, — degan “Tottenhem” yarim himoyachisi.

Janubiy koreyaliklarning yetakchi hujumchisi O‘zbekistonni osonlik bilan yengish mumkinligini aytdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid