Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksika bilan devor qurmoqchi ekanligini tasdiqladi
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp AQSh va Meksika chegarasida devor qurmoqchi ekanligini tasdiqladi.
Milliarderning aytishicha, bunda chegaradagi ba'zi hududlarda devor qurmay, oddiy to‘siqlar o‘rnatish ham mumkin. "Ba'zi hududlar uchun oddiy to‘siqlar o‘rnatilishiga rozi bo‘laman, biroq ba'zi hududlar uchun devor o‘rinli bo‘ladi", deb aytdi Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Tramp AQShdan jinoiy o‘tmishga ega 3 mln ga yaqin noqonuniy muhojirni deportatsiya qilishga tayyorligini ma'lum qildi. "Biz qilmoqchi bo‘lgan ish shundan iboratki, bu jinoiy o‘tmishga ega odamlarni, to‘dalar a'zolarini, giyohvandfurushlarni olib, ularni mamlakatdan chiqarib yuboramiz yoki turmalarga o‘tkazamiz", deb aytgan Tramp.
Tramp saylovoldi nutqlarida noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun Meksika bilan chegarada devor qurishini bir necha marotaba aytib o‘tgan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026