Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Favoritlar ishonchni oqladi
Yevropaning yana beshta stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar bilan bugungi kungi saralash bahslariga yakun yasaldi.
Unda kutilganidek Italiya va Ispaniya kabi favorit sanalgan terma jamoalari zafar quchishdi. Italiya Lixtenshteyn mehmoni bo‘lib javobsiz to‘p kiritgan bo‘lsa, Ispaniya bu ishni o‘z uyida Makedoniya terma jamoasiga qarshi ishda uddaladi. Natijada to‘rtta turdan keyin G guruhining ikkala vakili hisobida ham 10 ochko mavjud bo‘lib turibdi. Mazkur guruhning yana bir vakili Isroil Albaniya mehmoni bo‘lib, 9 kishi bo‘lib qolgan mezbonlarni yirik hisobda mag‘lub etib guruh favoritlarini quvishda davom etmoqda. Isroilliklar hisobida hozircha 9 ochko mavjud.
Kunning markaziy uchrashuvida Uels Serbiya bilan o‘z uyida durang natija qayd etdi va bu guruhda Irlandiya termasiga peshqadam bo‘lib olish imkoniyatini berdi. Serbiya hisobida 8, Beyl jamoadoshlari hisobida esa 6 ochko mavjud.
JCh-2018 saralash
Yevropa
Lixtenshteyn – Italiya 0:4 (0:4)
Gollar: 0:1 – 11 Belotti, 0:2 – 12 Immobile, 0:3 – 32 Kandreva, 0:4 – 44 Belotti.
Italiya: Buffon, De Shilo, Romanoli, Bonuchchi, Dzappakosta, Verratti, Bonaventura (Insine, 67), de Rossi, Kandreva (Eder, 74), Belotti, Immobile (Dzadza, 81).
Uels – Serbiya 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Beyl, 1:1 – 85 Mitrovich.
Uels: Xennessi, Chester, Uilyams, Teylor, Ganter, Allen, Ledli (Edvards, 84), Robson-Kanu (Lourens, 68), Remzi, Beyl, Vouks.
Serbiya: Stoykovich, Nastasich, Maksimovich, Rukavina, Ivanovich, Matich, Kostich (Katai, 70), Milivoyevich, Tadich, Obradovich, Mitrovich (Gudel, 88).
Albaniya – Isroil 0:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – 18, penalti Zaxavi, 0:2 – 66 Eynbinder, 0:3 – 83 Atar.
Chetlatishlar: Gimsiti (17), Berisha (55, ikkalasi — Albaniya).
Ispaniya – Makedoniya 4:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 34, avtogol Velkoski, 2:0 – 63 Vitolo, 3:0 – 84 Monreal, 4:0 – 85 Aduris.
Ispaniya: De Xea, Nacho, Monreal, Karvaxal, Bartra, Alkantara, Buskets, Vitolo (Kalexon, 87), Koke (Isko, 72), Silva, Morata (Aduris, 60).
Ukraina – Finlyandiya 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 24 Kravets.
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018