Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Auktsionda malika Diana kabrioleti sotildi
Foto: SILVERSTONE AUCTIONS
Angliyada "Toj durdonalari" kolleksiyasiga kiruvchii noyob mashinalar sotuvga qo‘yilgan auksion bo‘lib o‘tdi.
Auktsion NEC Classic Motor Show avtoshousida 12 va 13 noyabrlarda bo‘lib o‘tdi.
Turli vaqtlarda qirollik oilasi a'zolari yoki mashhur shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillarning sotilishidan tushgan umumiy mablag‘ 450 ming funt sterlingdan ko‘proqni tashkil qildi.
Jumladan marhum malika Dianaga tegishli bo‘lgan, 1994 yilda ishlab chiqarilgan va 6,5 ming km yo‘l bosib o‘tgan Audi kabrioleti 54 ming funt sterlingga sotildi. Qo‘shiqchi Elton Jonga tegishli bo‘lgan Rolls-Royce Phantom mashinasi esa anchagina qimmatroqqa – 124 ming funt sterlingga sotildi.
Biroq auksionga qo‘yilgan hamma mashinalar ham o‘z xaridorini topa olmadi. Jumladan, qirolicha Yelizaveta II ga tegishli bo‘lgan, 2012 yilda ishlab chiqarilgan Bentley Mulsanne mashinasiga xaridor topilmadi. Avvalroq bu mashinaning boshlang‘ich narxi 272-300 ming dollarni tashkil qilishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
13:09 / 19.08.2025
Navoiydagi «Temirchi» oltin koni 5,4 mln dollarga sotildi
21:17 / 29.11.2024
Auksionda 6,2 million dollarga sotib olingan bananni o‘z egasi yeb qo‘ydi
18:27 / 09.09.2024
«Auksion o‘yinlari» orqali Bo‘stonliqdan yer olib berish uchun 1,5 million dollar talab qilgan fuqaro ushlandi
19:18 / 10.06.2020