Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dzyudo bo‘yicha Singapurda o‘tgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchilar sakkizta medalni qo‘lga kiritishdi
Foto: O‘zA
12-13 noyabr kunlari sportning dzyudo turi bo‘yicha Singapurda Innavition championship xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Singapur, O‘zbekiston, Indoneziya, Filippin, Tailand, Indoneziya, Avstraliya, Honkong va Vetnam davlatlaridan kelgan jami 580 nafar sportchi ishtirok etdi.
Musobaqada O‘zbekistondan 10 nafar sportchi qatnashdi. Delegatsiyaga murabbiylar Fayziyev Tohir, Abduvahobov Abduvoris va Qodirov Erkin murabbiylik qilishdi. Xalqaro turnirning birinchi kuni o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida kechgan bahsda Medetov Chingiz, Hamroqulov Eldor (+100 kg), 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda esa Abdusattorov Abdulaziz (+81 kg) 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, jamoaga uchta oltin medal tuhfa etdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida o‘zbekistonlik dzyudochi Xaitov Humoyun (40 kg) o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Axmedov Normurod, Turg‘unov Abdulhamid, Safarov Ilyos va Sharifjonov Bahromjonlar o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Xalqaro turnirda O‘zbekiston jamoasi umumiy hisobda 4 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
10:50 / 18.09.2025
O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi
12:30 / 10.02.2025
Yaponiyada an’anaviy bekinmachoq o‘yini uchun 100 nafar ishtirokchi qidirilmoqda
20:47 / 01.08.2024
Muzaffarbek To‘raboyev - Olimpiya o‘yinlari sovrindori
11:35 / 07.08.2023