Mirjalol Qosimov: «Birinchi bo‘limda umuman futbol o‘ynamadik»

O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinning taqdirlash marosimi tugagach har ikki jamoaning murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanining birinchi qismida OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

«Avvalambor assalomu alaykum. «Lokomotiv»ni haqqoniy g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zingiz ko‘rdingiz, birinchi bo‘limda umuman futbol o‘ynamadik. 19 fevralda qiyin o‘yinda qatnashgandik. Futbolchilarga shu ta'sir qilgan ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa-da, hayot davom etadi. Endi bor e'tiborni chempionatga qaratamiz.
Hujumlar Jasur Hasanov orqali amalga oshirilgani asosiy muammomiz bo‘ldi deb o‘ylamayman. Futbolni 11 kishi o‘ynaydi axir. Shunchaki, birinchi bo‘limda juda yomon o‘ynadik. Bu oldingi ikkita o‘yin bilan taqqoslaganda, eng yomon o‘yinimiz bo‘ldi. Jamoa hali yangi va o‘yinni shakllantirib boramiz.
Himoyadagi kamchiliklar haqida gapiradigan bo‘lsak, bugun maydonga tushgan 4 ta himoyachi ham 4 xil jamoadan kelgan. Bu o‘yinga ta'sir qilmay qo‘ymaydi. Ular bir-birini tushunishi uchun vaqt kerak. Chempionat boshlanishigacha hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Mavsum boshlanishiga kam vaqt qoldi va biz yangi futbolchi olamiz deb o‘ylamayman.
Kiyinish xonasida yigitlarga shohsupada siz bo‘lishingiz mumkin edi dedim. Chempionat boshlanishigacha mag‘libiyatni ko‘tarib yurish oson bo‘lmaydi...».
Andrey Fyodorov: «Hech qachon bunchalik asabiylashmagandim»
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Fyodorov qatnashdi.

«Matbuot anjumaniga bunchalik ko‘p jurnalist kelganidan xursand bo‘ldim. Demak Superkubok o‘yini nafaqat muxlislar uchun, balki OAV uchun ham qiziqarli bo‘lgan.
O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘yindan oldin nimagadir asabiylashdim. Oldin hech bunday asabiylashmas edim. Lekin barchasi yaxshilikka ekan. Xotirjam bo‘lganda qo‘rqish kerak, chunki odatda xotirjamlikdan so‘ng yoqimsiz nimadir sodir bo‘ladi (kuladi). Bu mening murabbiy sifatidagi ilk Superkubogim edi va unda g‘olib bo‘lishni juda xohlagandim.
OKMK bu mavsumda ikkita o‘yinda qatnashdi va bu bizning foydamizga ishladi. Chunki biz raqibning o‘yinlarini kuzatdik, o‘yin rejasini tuzdik. Raqibni yaxshi o‘rgandik deb o‘ylayman.
Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda, ayniqsa ikkinchi golni urgandan keyin yigitlar biroz bo‘shashib qolishdi. Ammo o‘yinni g‘alabagacha olib borishni uddaladik.
Arslonmurod Omonov zaxirada turgandi, lekin uni o‘yinga to‘liq tayyor emas deb hisobladik. U bilan jismoniy holati borasida ko‘p gaplashdik. Biz uchun muhimi uning eng yaxshi holatga chiqishi. Arslonmurod «Buxoro»dagi o‘yinlarini ko‘rsata boshlasa, uni asosiy tarkibda ko‘rasiz.
«Lokomotiv» oldingiga qaraganda kuchsizlangandek ko‘rinmoqda degan gaplarni eshitdim, lekin men bunga qo‘shilmagan bo‘lardim. Jamoa murabbiyi sifatida o‘yinimiz yaxshilanganini va hatto kuchayganimizni aytishim mumkin.
Jamshid Iskanderov yaxshi darajadagi futbolchi. Uning o‘yini bizning uslubimizga moslashib, yana kuchayadi. Umid qilaman, bu mavsum Jamshid uchun faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘ladi»,- deydi Fyodorov.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

18:08 / 08.01.2024
Shatskixning Xitoyga bormagani, Qosimov va Geynrixdan supergol va Bahrayndan alamli mag‘lubiyat. Osiyo kubogi-2004ni qanday eslaymiz?

08:03 / 22.08.2023
«Barselona» afsonalari Qirg‘izistonda o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

13:00 / 12.11.2022
Poytaxt klublarining 21 yillik hukmronligi davom etadimi? Toshkentda derbi, Kapadze – Berdiyev, Qosimov Babayanga qarshi

22:55 / 13.10.2022