Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bu galgi yillik matbuot anjumanida asosiy mavzular xalqaro siyosat, koronavirus pandemiyasi va mamlakat iqtisodiyotining hozirgi holati haqida böldi. VVS Putin keskin gapirgan ba’zi mavzularga OAV yetarliça e’tibor bermadi deb hisoblab, ekspertlardan ularni tahlil qilib berişni söradi.
Putin matbuot anjumani davomida «yangi etika» iborasini tez-tez işlatdi, lekin OAV çindan bu narsaga jiddiy e’tibor qaratmadi. Şuningdek, Rossiya prezidenti Ukraina qanday paydo bölgani haqida ham «tomdan taraşa tuşgandek» gapirgani yöq, axir şu kunlarda navbatdagi anneksiya haqida tobora köproq gapirişmoqda. VVS ğarblik harbiy ekspertlardan Putinning Ğarb manziliga yoğdirgan tanqidlarini ham tahlil qilib berişni söragan.
«Yangi etika»: Putin nima dedi va ekspertlar qanday fikrda?
Matbuot anjumanida Putindan Rossiyada paydo bölgan «yangi etika» haqida söraşdi. Rossiyada zamonaviy illatlarni şunday ataş urfga kirdi (bir vaqtlar Özbekistonda buni ommaviy madaniyat deb ataşardi – tarj.). Putin «yangi etika»ni koronavirus paydo bölişi va uning yangi ştammlari tarqalişiga öxşatib, unga qarşi milliy qadriyatlardan taşkil topgan himoya vositasi şakllantiriş lozimligini aytdi.
«Köp millatli davlat sifatida şakllangani Rossiyaning kuçi va öziga xosligi hisoblanadi. Rossiyadagi hamma millat vakillarida bu illatlardan içki himoya mavjud. Biz bir-birimizning qadriyatlarimizni hurmat qilişga odatlanganmiz», dedi Putin.
Sankt-Peterburg Yevropa universiteti sotsiologiya fakulteti ilmiy xodimi Darya Litvinaning aytişiça, Rossiyada ma’lum yoş, jins, tabaqa va guruhlar örtasida şakllangan muammolar jamlanmasiga «yangi etika» deb nom beriş odat tusiga kirdi. Uning aytişiça, zamonaviy odatlarga qarşi böliş faqat Rossiyada şakllangan emas, AQŞda ham mamlakatning yarmi ularga qarşi, ammo ziyolilar va OAVda zamonaviy odatlar tarafdorlari köproq.
Darya Litvinaning fikriça, Ğarbda bu boradagi munozaralar Rossiyada bölgani kabi bir nom ostida birlaşmagan: «Yangi etika» ançadan buyon mavjud bölib yaqinda «muammo tuğdirişni boşlagan» illatlarni yönaltirişga urinişdir. Bu terminni aynan nimagadir boğlaş qiyin, şu sabab uni işlatganda doim gap nimada ekanini izohlaşga majburmiz».
Ukraina tarixi: uni Lenin qurganmidi?
Matbuot anjumanida Putin Ukraina qanday paydo bölgani haqida ham gapirdi. «Ukrainani kim qurgandi? Lenin Vladimir Iliç, sovet ittifoqiga asos solgan vaqtida. 1922 yil kelişuv bölgan, 1924 yil konstitutsiyaga kiritilgan. Töğri, bu iş Leninning ölimidan keyin, lekin uning prinsiplari asosida», dedi Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid
Foto: kremlin.ru
Harvard universiteti professori bölgan Ukraina tarixi böyiça mutaxassis Sergey Ploxiy esa bunday fikrda emas: «Lenin Ukrainani qurmagan, bu aniq. U 1918 yil mustaqil Ukraina davlatiga hujum qilib, keyin USSR nomli qöğirçoq davlatga aylantirib qöydi. 1922 yilda esa Lenin Ukrainadan rasmiy mustaqilligini olib qöyib, sovet ittifoqi bilan integratsiyani amalga oşirdi.
Lenin qurgan yagona davlat – Rossiya Federatsiyasi. Bu davlat 1918 yil öz konstitutsiyasiga ega bölib, 4 yildan keyin sovet ittifoqiga kirgan. Yelsin esa 1991 yil bu davlatni SSSR tarkibidan çiqarib olib, amalda ittifoq parçalanişiga yöl oçdi. Şunday ekan, Lenin Ukraina emas, zamonaviy Rossiya asosçisi», deydi Ukraina tarixi böyiça professor.
Yana bir tarixçi professor Aleksey Miller (Gazprom rahbari emas) ham Putinning fikriga qöşilmaydi.
«Putinning köplab dabdabali çiqişlari kabi bu galgisi ham töğri emas. Bir narsani unutmaslik kerak: Lenin nimadir tuza oladigan vaqtda hozir Ukraina deb ataladigan hududlarda birinçi jahon uruşi va keyinçalik kuzatilgan fuqarolik uruşidan keyin bir neçta davlatçilik körinişlari paydo bölib ulgurgandi.
Birinçidan, Lenin kiçikruslar, kattaruslar, belaruslarni bir millatning uç novdasi deb qaraşni rosa tarğib qilgan. Bu imperiya vaqtida rus millatçiligi özagi bölgan. Uning paydo bölişini esa Lenin buyukrus şovinizmi deb atagan. Kiçikrus iborasini işlatiş esa deyarli taqiqlangan».
Ikkinçidan, Lenin SSSR teng huquqqa va özini boşqariş huquqiga ega ittifoqçilardan iborat davlat bölişi kerak deb turib olgan. Stalin esa barça mamlakatlar Rossiya SSR tarkibiga avtonom bölib kirişi kerakligini aytgan. Şunday ekan, Putin yana kimningdir ustidan kulişni istasa, Ukrainaga Stalin asos solgan deb bemalol aytişi mumkin. Çunki hozirgi Ukraina yerlarini aynan Stalin umumlaştirgan. Bugun Volin va Galitsiya deb nomlanadigan joylarni 1939 yil Polşadan, Bukavinani 1940 yil Ruminiyadan, Karpatortini esa Vengriya hamda Çexoslovakiyadan tortib olgan.
Körinib turibdiki, Putin tarixdan imtihon topşirmagan», deydi Miller.
Rossiyaning Ğarb bilan qarama-qarşiligi
Ukraina qanday paydo bölgani borasidagi gapni Putin bu davlatga bostirib kiriş ehtimoli haqidagi savolga javob beriş vaqtida kötardi. Rossiya Ukrainaga bostirib kiradimi yöqmi degan savolga Putin baribir aniq javob bermadi. Buning örniga NATO şarqqa qarab kengayişi xato ekani haqida aytdi. Bu borada gapirar ekan, Putin Ğarb Rossiyaga xavfsizlik borasida kafolat berişi kerakligini aytdi. «Siz bizga kafolat berişingiz kerak, ha, siz! Tezda, hoziroq», dedi Putin.
Foto: Aleksandr Zemlyaniçenko / AP / Scanpix / LETA
Britaniyaning Belarusdagi sobiq elçisi Nayjyel Guld-Devisning fikriça, Putinning Ğarb haqidagi fikrlari qarama-qarşi signallarga işora bermoqda: «Putin oxirgi vaqtlarda AQŞ va NATOga qarşi içida yiğilib qolgan hamma gaplarini aytib olmoqda. Ayrim talablari ançadan buyon aytiladi, ba’zi iddaolar esa yangilik bölyapti. Ularning aksari sovuq uruşdan keyin yaqqol közga taşlangan NATO kengayişini bas qiliş kerak degan xulosaga olib boradi».
Guld-Devisning fikriça, Rossiya NATO va AQŞdan talab qilayotgan narsalar imkonsiz ekanini bilaturib ularning ijrosini tezlaştirişni talab qilmoqda. Muzokaralarni tezda boşlaş haqida talab ham örinsiz, ular şundoğam yanvarda boşlanadi.
«Putinning bayonotidan Rossiya Ğarbning köplab vakillari bilan muzokara ötkazmoqçi ekanini anglaş mumkin. Boşlanişiga Rossiya faqat AQŞ va Yevropaning «tanlangan» davlatlari Germaniya yoki Fransiya bilan gaplaşişni istagan bölsa, hozir gap NATO va YeXHT doirasidagi keng qamrovli muzokaralar haqida ketmoqda», deydi ekspert.
AQŞ Davlat departamentining sobiq xodimi Semyuyel Şarap esa Kremldan tarqalayotgan signallarda qarama-qarşilik körmayotganini aytadi. «Putin diplomatiyaga oxirgi imkonni beriş barobarida [harbiy] harakatga hozirlanmoqda», deydi tahlilçi. Uning fikriça, Putin amalga oşişi imkonsiz talablarni aytib, yana kutib tura olmasligini iddao qilyapti. Vaholanki, ikki tomonlama qurol nazorati töğrisidagi kelişuvni tasdiqlaşning özi kamida bir yil vaqt oladi.
Janob Şarapning aytişiça, Putinning Ukraina tomonidan provokatsiya bölişi mumkinligi haqida sözlari ayniqsa xavotirli. Ekspertga köra, Putin hali Ukrainaga bostirib kiriş borasida aniq fikrga kelmagan, lekin şunday vaziyat paydo qilganki, harbiy harakatni istagan vaqtida boşlay olişi mumkin. «Diplomatiya esa vaqtni çöziş uçun imkon», deydi Semyuyel Şarap.
Rossiya va NATO munosabatlarini tahlil qilgan köplab ekspertlar bir narsaga e’tibor qaratgan: Putin davrida harbiy operatsiyalar doim kutilmaganda sodir bölgan va hozirgi kabi uzoq tayyorgarlig-u şov-şuv bilan anons qilinmagan. Semyuyel Şarap bu faktlar Rossiya Ukrainaga bostirib kirmasligiga kafolat böla olmasligini aytgan. Uning fikriça, Qrimni bosib oliş, Suriyaga qöşin kiritiş va Qoraboğga yollanma askarlar yuboriş kabi oldingi harbiy harakatlar ularga sabab bölgan voqealar bevosita Rossiya iştirokisiz boşlanganiga javob tariqasida kutilmaganda amalga oşirilgan.
«Men 1991 yildan boşlab Rossiya amalga oşirgan harbiy amaliyotlar haqida ilmiy iş qilganman. Ularning deyarli barçasi nimagadir javob tariqasida amalga oşirilgan. Rossiya Qoraboğdagi uruşni boşlagani yöq, Asadga qarşi harakatni ham ruslar boşlamadi, Maydan ham Rossiyaning iştirokisiz yuzaga kelgandi.
Hozir esa vaziyat boşqaça: Ukraina öz çegarasida qöşinlar töplanayotganini izohlaydigan heç qanday harakat qilmadi. Bu gal Rossiya qaysidir ma’noda voqealar rivojidan ilgarilab ketdi. Odatda Rossiya qaysidir voqeaga javob ölaroq harbiy harakat amalga oşirgan bölsa, hozir öşa keskinlikni, öşa asos bölgiç voqeani özi yaratmoqda. Şu bilan hozirgi holat boşqalaridan farqlanadi va şu sabab u xavfli», deydi AQŞ Davlat departamentining sobiq xodimi.
Sobiq elçi Guld-Devis ham Putin kutilmaganda harbiy operatsiya amalga oşirib örganganini aytadi. «Hukumat tepasiga kelganidan buyon Putin harbiy kuçni kutilmaganda va ogohlantirişsiz işlatgan. Ğarbni qörqitib, şu orqali uning siyosatiga ta’sir ötkaziş uçun harbiy rejalarini oçiqçasiga namoyiş etişi Putin uçun yangilik, u avval bunday qilmagan», deydi tahlilçi.
Rossiya böyiça maşhur tahlilçi Sem Grinning fikriça, Rossiya Ukraina va ittifoqçilarining yuragiga ğulğula solgan siyosatni mamlakat içidagilar uçun qilmoqda: «Bu harakatlardan maqsad rossiyaliklarga mana, biz heç kimga tegmayapmiz, aksinça, ular bizga hujum qilmoqda, deyiş. Ammo Ukraina suvereniteti qanaqasiga Rossiyaga xavf solayotgani, Ğarb qanday qilib Rossiyani bu mavjud bölmagan xatardan ihotalaşi mantiqsiz holat, şubhasiz. Bu holatda Putin matalnavislik bilan şuğullanib, uydirma töqiyotganga öxşaydi. U xayoliy ajdarho borligiga hammani işontirib, keyin muzaffar jangçi bölib öşa mavjud bölmagan ajdarni öldirmoqçi (Rossiya gerbida ajdarhoni öldirayotgan muzaffar Georgiy tasvirlangan, ekspert şunga kinoya qilmoqda)», deydi ekspert.
Katta matbuot anjumani: u nimaga kerak özi?
VVS faylasuf Grigoriy Yudindan Putin har yil ötkazadigan yillik matbuot anjumani nega ötkazilişini tahlil qilib berişni söradi.
«Bunday matbuot anjumanlari Putinning jonli muloqoti kabi bir xil formatda bölib ötadi. Ularda Putin nima deyişi emas, qanday gapirişi birinçi planga çiqadi. Anjuman boşlanmay kim akkreditatsiyadan ötişi, kim qanday plakat kötarib, mikrofon berilişiga erişişi kabi narsalar muhokama qilinadi. Keyin kimdir kiyimining ostidagi futbolkada nima yozilganini körsatişi kutiladi (deputat Darya Besedina Putin iştirok etgan yiğilişda «Öbnulis» yozuvli futbolka bilan kelgandi. Öşanda Putinning vakolatlari konstitutsiyaga köra yangilanişi kutilayotgandi. Bu söz bir öqişda «noldan boşlaş», boşqaça öqiganda «bezor böldik» ma’nosidagi sökinişni anglatadi).
Foto: Videodan kadr
Putin bilan matbuot anjumanida savol beriş imkonini qölga kiritgan baxtli inson faqat savol bera oladi, undan mikrofonni darrov olib qöyişadi. Qayta savol beriş, aniqlaştiruvçi savol beriş imkonsiz. Monarx savolni tuşunmasa, bu jurnalistning baxsizligi.
Insonlar örtasidagi normal muloqot boşqaça şakllangan, biz nimanidir aniqlaştirişimiz, izohlaşimiz mumkin, ammo Putin iştirokidagi anjumanlarda buning iloji yöq. Taqqoslaş uçun, Amerika prezidentlarining matbuot anjumanlarini oling: birinçidan, u yerda matbuot anjumanlari doimiy ötkaziladi, ikkinçidan, jurnalistlarning siz uçun noqulay savollariga javob bermay mamlakatni boşqara olmaysiz. AQŞda jurnalistlar doim qöşimça savol berişadi.
Putin har qanday savolga raqamlar bilan javob berişining ham «siri» oddiy: barça «ötkir» savollar oldindan tayyorlab qöyiladi, xuddi javoblar kabi. Bu uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan yolğon.
Putin odamlar bilan muloqotga kirişiş borasida kuçsiz siyosatçi. U tayyorlanmagan odamlar, tayyorlanmagan savollar oldida ojiz bölib qoladi. Ammo Putinga xalq qöllab-quvvatlovi sun’iy körinişda bölsa ham kerak. Bu matbuot anjumanlari kabi soxta marosimlarda iştirok etadigan hamma özgaça olamga kirib qolişga mahkum. Televizor qarşisida heç nimani hal qilmaydigan oddiy xalq esa göyoki hamma narsani biladigan Putinning nutqidan mast bölib, u özgaça odamligi, özi esa ikkinçi klassning oddiy vakili ekanini his qilişi lozim. Mana şuning uçun ötkaziladi bunday közböyamaçiliklar. Sotsiolog sifatida bunday marosimlarda qatnaşmaslikni maslahat beraman. Agar sizda uni qanday yöqqa çiqariş haqida qandaydir fikr bölmasa, albatta».
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi