Narimon Umarov o‘z mutaxassisligidan kelib chiqib, Sirdaryodagi ayrim muammolarni bartaraf etish taklifini berdi
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘zining saylovoldi tashviqoti doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 14 noyabr kuni Guliston shahridagi "Yoshlar markazi" majlislar zalida Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan o‘tkazdi.
Viloyatning barcha tuman va shaharlari saylovchilari bilan videokonferensiya orqali muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda jami 2100 nafardan ortiq talaba-yoshlar, jamoat tashkilotlari vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari, mahalliy Kengashlar deputatlari, partiyaning viloyat, tuman va shahar kengashlari a'zolari ishtirok etdi.
Tadbirni Oliy Majlis Senati a'zosi A.Qudratov olib bordi. Prezidentlikka nomzod N.Umarovning ishonchli vakili Sirdaryo viloyat “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi direktori Yu.Usmanova yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning tarjimai holi haqida batafsil ma'lumot berdi.
Narimon Umarov saylovchilarni o‘z Saylovoldi dasturi bilan tanishtirar ekan, undan o‘rin olgan 6 ta asosiy yo‘nalish haqida batafsil so‘zlab berdi. Xususan, demokratik ijtimoiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, qonun ustuvorligiga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahamlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilishdek ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, yangi avlod kadrlarini tayyorlash, milliy manfaatlar ustuvor bo‘lgan tinchliksevar, progressiv tashqi siyosatni olib borishga doir masalalarda o‘z qarashlarini bayon qildi.
Nomzod uchrashuv ishtirokchilari e'tiborini iqtisodiy yo‘nalishdagi vazifalarga qaratar ekan, Sirdaryo viloyati iqtisodiyotining bugungi holati va istiqboldagi imkoniyatlari haqida to‘xtaldi.
Shu bilan birga, nomzod moliya bozoriga aholi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari mablag‘larining faol jalb qilinishi borasida hali ishlatilmagan keng imkoniyatlar, yechimini kutayotgan vazifalar mavjud ekanligiga e'tibor qaratib, ularning hal etilishi iqtisodiyotimizni rivojlantirish uchun qo‘shimcha investitsiyalar va moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatini berishini ta'kidladi.
Narimon Umarov, shuningdek, o‘zining saylovoldi dasturida ekologiya sohasida belgilangan vazifalar va qolaversa mutaxassisligi, ya'ni gidrogeolog sifatida ko‘p yillik tajribasidan kelib chiqib, Sirdaryo viloyatining murakkab tabiiy sharoiti, hududda yerosti suvlarining yaqinligi, tuproqlarning sho‘rlanishi darajasi yuqorligi muammolarini bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Qizg‘in muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar Prezidentlikka nomzodga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarni bildirishdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘.Xolov, Guliston davlat universitetining Milliy istiqlol g‘oyasi, ma'naviyat va huquq kafedrasi mudiri R. Maxmudov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi D.Abdullayeva, Xovos birlashgan temir yo‘l shifoxonasi bosh shifokori G‘.Rayimnazarov, Guliston maktabgacha ta'lim va xizmat ko‘rsatish kolleji o‘qituvchisi D.Umrzakova va boshqalar Narimon Umarovning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdilar.
Mavzuga oid
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024
Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:10 / 06.09.2024