Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ryazandagi ko‘chalardan birini Tramp nomi bilan qayta nomlash taklif qilindi
Foto: Reuters
change.org saytida Rossiyaning Ryazan shahridagi Bezbojniy (Xudosiz) ko‘chasini AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp nomi bilan qayta nomlash iltimosi bildirilgan petitsiya paydo bo‘ldi.
"Ko‘chaning Bezbojnaya deb atalashi Rossiya qadriyatlariga zid keladi va xudojo‘ylarning his-tuyg‘ularini kamsitadi. AQShdagi prezidentlik saylovlarida yutgan Tramp esa Rossiyaning katta do‘sti va an'anaviy qadriyatlar himoyachisi hisoblanadi", deyilgan petitsiya matnida.
Iltimosnoma mualliflari uni shahar dumasiga topshirishmoqchi. Ayni vaqtda petitsiyani 142 kishi imzolagan.