Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklarning eng muhim iqtisodiy muammosi ma'lum bo‘ldi
Rossiya banki rahbari Elvira Nabiullinaning ta'kidlashicha, stavkalarning haddan ziyod kamayishi inflyatsiyaning avjiga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi.
"Bir necha marotaba ta'kidlaganimdek, stavkalarni haddan tashqari tez pasaytirish, iqtisodiyotni arzon pullar bilan inflyatsiya qilish, tanlangan loyihalarning imtiyozli moliyalashtirilishi borasidagi g‘oyalar, bizning fikrimizcha, xavfli", - dedi Nabiullina.
Shuningdek u fundamental iqtisodiy tendensiyalarga asoslanmagan stavkalarning haddan ziyod tez pasayishi inflyatsiyaning avj olishiga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Uning fikricha, stavkalarning bunday pasayishi biznes sharoitlarini yengillashtiradi, lekin shu bilan bir vaqtning o‘zida aholining qashshoqlashuviga olib kelishi mumkin.
"So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, rossiyaliklar uchun inflyatsiya avvalgidek boshqa barcha muammolarni ortda qoldiradi. Yuqori inflyatsiya Rossiya biznesining raqobatbardoshligini ham pasaytiradi", - deya ta'kidladi Nabiullina.
Mavzuga oid
09:14
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026