Sport | 19:05 / 14.11.2016
6761
1 daqiqa o‘qiladi

“Sevinch” to‘qqizinchi marotaba O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi

Toshkentdagi “JAR” stadionida futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda Qarshining “Sevinch” jamoasi amaldagi kubok sohibi Bekobodning “Metallurg W” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan o‘yinda “Sevinch” klubida to‘p surayotgan Feruza Turdiboyeva hamda Zebo Jo‘rayeva “Metallurg W” darvozasini aniq nishonga olib, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta'minladi.

Shu tariqa “Sevinch” jamoasi to‘qqizinchi marotaba O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid