O‘zbekiston prokuraturasi xodimlari Xitoy delegatsiyasi bilan tajriba almashdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Xitoy Xalq Respublikasi Prokurorlar davlat instituti prorektori Liu Yan boshchiligidagi Oliy xalq prokuraturasi delegatsiyasi ishtirokida “O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi prokuratura organlarida kadrlarni tayyorlash, tanlash va tayinlash masalalari” mavzusida ikki tomonlama seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mazkur tadbir 2014 yil Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Bosh prokurorlarining 12-yig‘ilishida XXR Bosh prokurori Tsao Tszyanmin bilan ikki tomonlama uchrashuvda imzolangan 2015-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi hamkorlik Dasturini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi prokuratura organlarida kadrlarni tanlash, tayinlash, tayyorlash va malakasini oshirish masalalari muhokama etildi.
Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi Prokurorlar davlat instituti faoliyati, unda hamda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslarida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullari taqdimoti o‘tkazildi.
Seminar doirasida xitoylik hamkasblar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari tinglovchilarini Xitoyda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari bilan tanishtirdilar.
Tomonlar hamkorlik holatidan mamnun ekanligi hamda uning shartnomaviy bazasini Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi Prokurorlar davlat instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari o‘rtasida hamjihatlik va hamkorlik to‘g‘risida Memorandum hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi o‘rtasida ikki yillik hamkorlik Dasturini tuzish orqali rivojlantirish niyatida ekanligini bildirdilar.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024